Zelenskiy rossiyaliklarga qarshi yangi sanksiyalar rejasini e’lon qildi

Olam

image

Kecha, 30 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radani Rossiya aktivlarini milliylashtirish tartibini soddalashtiruvchi qonun qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining videomurojaatida Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar e’lon qilib, Oliy Radani Rossiya aktivlarini milliylashtirish tartibini soddalashtiruvchi qonun qabul qilishga chaqirdi.

“Bugun Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi insonparvarlik va xalqaro huquqni himoya qilishga jasorat topa olmagan Rossiyaning muhim jismoniy va yuridik shaxslariga yoki qandaydir tarzda Ukrainaga qarshi tajovuzkor harakatlarga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga qaror qildi. Ukraina Oliy Radasining navbatdagi yig‘ilishida Rossiyaning barcha aktivlarini milliylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi, ushbu tartibni sezilarli darajada soddalashtirish kerak. Sizdan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.

Ma’lumot o‘rnida, mart oyida Zelenskiy “Ukrainada Rossiya Federatsiyasi va uning rezidentlari mulk huquqi ob’ektlarini majburiy tortib olishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 1 aprel kuni Rada unga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi. Avgust oyi boshida Zelenskiy Rossiyaning mamlakatdagi umumiy qiymati qariyb 765 million dollarlik aktivlari musodara qilinganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing