Zarafshonda yo‘qolib ketgani aytilgan O‘rta Osiyo sug‘uri izlari topildi
Bu qiziq
−
22 yanvar 2022 10086 1 daqiqa
Ekologlar tomonidan yo‘qolib ketgan deya aytilgan hamda Qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo sug‘uri izlari Zarafshon milliy bog‘ida Zarafshon daryosiga quyiluvchi zovur bo‘yidan topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga bog‘ xodimi, ekofaol Natalya Marmazinskaya xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu sug‘ur nafaqat Qizil kitobga, balki Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga ham kiritilgan.
Marmazinskayaga ko‘ra, O‘rta Osiyo sug‘uri Zarafshon milliy tabiat bog‘ida 1980-yillarda qayd etilgan, shundan so‘ng u haqida ishonchli ma’lumotlar topilmagan. Shu sabab, bog‘ hududidan va Zarafshon daryosi vodiysidan yo‘q bo‘lib ketgan deb hisoblangan. O‘tgan yilning oktyabr oyidda sug‘ur Zarafshon milliy tabiat bog‘ining 4-uchastkasida 2 nuqtada, joriy yilning yanvar oyida esa 2-uchastka hududida ishonchli tarzda qayd etilgan. Ekspert bahosiga ko‘ra, bog‘da 2-3 ta sug‘ur oilasi yashaydi.

Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo sug‘uriga Zarafshon milliy bog‘i hududida o‘rmonlarning kesilishi, mol boqilishi va qarovsiz qoldirilgan itlar xavf tug‘diradi. Lekin asosiy xavf qum-shag‘al qazib olish hamda to‘g‘on qurilishi sabab Zarafshon daryosi tubining degradatsiya bo‘lishi hisoblanadi.
Live
Barchasi