Zangiotadagi koloniya podpolkovnigi kabinetida osilgan holda topildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Toshkent viloyati manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi o‘z kabinetida arqon bilan osilgan holatda topilgan. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Qayd etilishicha, u suitsidal ruhiy tushkunlik simptomi sabab o‘z joniga qasd qilgan. 

Voqeaga aniqlik, kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Surayyo Rahmonova bilan bilan bog‘landik.

Unga ko‘ra, haqiqatan shunday holat aniqlangan. Ayni vaqtda suitsid holati bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tergovga kadar tekshiruvi o‘z ishini boshlagan. Tekshiruv o‘z ishini yakunlagach, batafsil ma’lumot beriladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing