Yig‘layotgan Eron yoxud mamlakat futbolchilari yana madhiyani aytmadi

Sport

image

Eron milliy terma jamoasi futbolchilar JCH-2022 2-turi doirasida Uels terma jamoasi bilan o‘yin oldidan mamlakat madhiyasini kuylamadi. Bunday holat JCHda ikkinchi marta kuzatilmoqda.

Bu harakatlari orqali futbolchilar yana mamlakatda ikki oydan beri bo‘layotgan norozilik namoyishlarini qattiq bostirib kelayotgan Eron hukumatiga norozilik bildirdi. Uelsga qarshi bahs oldidan stadiondagi aksariyat eronlik muxlislar ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Eron JCHning ilk turida Angliyaga yirik hisobda yutqazgandi. Osiyo jamoasi mundialning 2-turida Uelsga qarshi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing