Yevroparlament Ukrainani NATOga taklif qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi
Olam
−
16 iyun 2023 5030 1 daqiqa
Kecha, 15 iyun kuni Yevropa parlamenti deputatlari NATOni Ukrainani mazkur blokka taklif qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda vakillik organining Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, rezolyutsiyani 425 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 38 nafari qarshi ovoz bergan, 42 vakil esa betaraf qolgan.
“Yevropa parlamenti a’zolari qo‘shilish jarayon tugagandan so‘ng boshlanishini va imkon qadar tezroq yakunlanishini kutmoqdalar. To‘liq a’zolikka erishilgunga qadar Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlari NATO ittifoqchilari va hamfikr sheriklari bilan birgalikda xavfsizlik kafolatlarining vaqt doirasini ishlab chiqish uchun Ukraina bilan yaqin hamkorlik qilishlari kerak”, deyiladi qarorda.
Ta’kidlanishicha, Ukrainaning NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mintaqaviy va global xavfsizlikni, shuningdek, Ukraina va Yevro-Atlantika hamjamiyati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.
Joriy yilning 10 iyun kuni Ukraina Prezidenti ofisi rahbarining o‘rinbosari Igor Jovkva NATOning 20 mamlakati Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganini va Kiyev bilan tegishli deklaratsiyalarni imzolaganini aytgandi.
O‘sha kuni NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar hali ham Ukrainaning blokka qo‘shilishi masalasida yakdil fikrga ega emasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev NATOning Kibermarkaziga a’zo bo‘lgandi. Shuningdek, tashkilot mamlakatga yangi maqom bermoqchiligi ma’lum qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr