Yevropada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik ushlandi
Olam
−
31 may 2024 6442 1 daqiqa
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xorijlik hamkasblari bilan birgalikda Yevropa davlatlaridan birida terrorchilik harakati sodir etilishining oldini oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, teraktning potensial aybdorlaridan biri “chet elda yashiringan” Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan, uning ismi va familiyasi tergov manfaati uchun oshkor qilinmayapti. Qirg‘izistonda unga nisbatan avvalroq respublika Jinoyat kodeksining xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy amaliyotlarda Qirg‘iziston fuqarosining ishtirok etishi yoki terrorchilik harakatini amalga oshirishi uchun tayyorgarlikdan o‘tkazish moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi xorijda ushlanib, Qirg‘izistonga olib ketilgan va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Ushbu jinoiy ish bo‘yicha tergov doirasida Qirg‘izistonning Chuy viloyatining To‘qmoq shahrida 17 ta manzilda tintuv o‘tkazildi, uning davomida ISHID ma’lumotlari aks etgan ekstremistik adabiyotlar elektron tashuvchilar, narkotik moddalar va o‘q-dorilar topilib, musodara qilindi.
“Hozirda tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qo‘lga olingan shaxs Yevropaning qaysi davlatida terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025