Yong‘in o‘chirish mashinalari bozorda odamlarga qarata suyuqlik sepayotganiga izoh berildi
Jamiyat
−
26 aprel 2021
15803Bugun, 26 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in o‘chirish mashinalari tomonidan suv sepilayotgan jarayonlar aks etgan videolar keng tarqaldi.
Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga izoh berib, holat vazirlik tomonidan to‘liq nazoratga olinib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vaziyat Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelganiligi ma’lum bo‘ldi.
“Yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, hodisa yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xodimlarga intizomiy ta’zir choralari ko‘riladi.
LiveBarchasi