YeI bosh diplomati Borrel O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2022 4768 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Noyabr oyi o‘rtalarida O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Jozep Borrel joriy yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklida vazirlar uchrashuvi va “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik: “Barqaror rivojlanish uchun global darvozalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Tadbirlarda, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning yuqori martabali rasmiylari, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor, ekspert doiralari, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadilar.
Vazirlar uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo, investitsiya, atrof-muhit, suv resurslari, iqlim, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Tadbir doirasida “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” birinchi Yoshlar forumi ham bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya YeIning “Global Gateway” tashabbusiga muvofiq, barqaror o‘zaro bog‘liqlikni rag‘batlantirish, yashil rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Live
Barchasi