Yeb to‘ymagan... Xitoy Turkmaniston gazidan ko‘proq olmoqchi

Olam

image

Bugun, 5 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasi Si Szinpin Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga neft-gaz sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishini taklif qildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Xitoy tomoni Turkmaniston bilan hamkorlikda yaqin kelajakda va uzoq muddatli istiqbolda hamkorligimizni rejalashtirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishni kuchaytirishga, gaz sanoati sohasidagi hamkorligimizga ko‘proq ahamiyat berishga va uning ko‘lamini kengaytirishga tayyor. Shunday ekan bu hamkorlikni butunlay yangi bosqichga ko‘taraylik”, degan Si Szinpin.

XXR Raisining ta’kidlashicha, Pekin Ashxobod bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka intiladi. U Turkmaniston bilan “butun sanoat zanjirini qamrab olgan” gaz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish tarafdori.

“Gaz sohasidagi Xitoy-Turkmaniston hamkorligi mamlakatlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi”, deb qo‘shimcha qildi Si Szinpin.

Shuningdek, Xitoy rahbari Berdimuhamedovni Xitoy xalqaro maydondagi vaziyat o‘zgarishidan qat’i nazar, Turkmanistonning ishonchli do‘sti va hamkori bo‘lib qolishiga ishontirdi.

“Biz o‘zaro hamkorlik qilishga, barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga tayyormiz”, degan Si Szinpin.

XXR Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Pekinga tabiiy gaz quvurlari yetkazib beruvchi asosiy davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2021 yilda Xitoy bu davlatdan 6,79 milliard dollarlik 24 million tonna gaz import qilgan. Ta’minot bo‘yicha Rossiya ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, Qozog‘iston (1,11 milliard dollarga 4,59 million tonna), O‘zbekiston (798,98 million dollarga 3,25 million tonna) va Myanma (1,41 mlrd dollarga 3,04 mln tonna) ham Xitoyni gaz bilan ta’minlab turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing