Yangilanayotgan Konstitutsiyada tergov paytida fuqaro qiynoqqa solinmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat
−
11 aprel 2023 6026 2 daqiqa
Toshkent shahridagi Adiblar hiyobonidan o‘tib borar ekanman, u yerda buyuk mumtoz adabiyotimiz darg‘alari, jadidchi ma’rifatparvarlar bobolarimizninga muhtasham yodgorliklari poyiga qo‘yilgan gullarga qarab, xayolimdan beixtiyor hazrat Alisher Navoiyning quyidagi misralari o‘tdi: “Barchasini garchi latif aylading, barchasidin insonni sharif aylading”. Darhaqiqat inson sharif zot, uning qadr-qimmatini qancha e’zozlasak ham kam.
Konstitutsiyamizning yangi tahririda mutafakkir allomalarimizning orzu–istaklari mujassam, unda milliy ruhimiz ufurib turibdi, deb o‘ylayman. Zero, insonning qadr-qimmati va or-nomusi daxlsiz ekanligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 26-moddasida kafolatlanib o‘tilgan. (Moddaninng mazmuni)
Insonni kamsitish, obro‘sizlantirish, xaqorat qilish yoki qiynoqqa solish nafaqat konunchilikka, balki insonparvarlik an’analariga zid xatti-xarakat xisoblanadi.
Bunday xarakatlar uchun konunchiligimizda tegishli javobgarliklar mavjud. Masalan, Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasini oladigan bo‘lsak, unda ham hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas, deb belgilab o‘tilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tergov davomida qiynoqga solinishning oldini olish bo‘yicha ko‘pgina umumbashariy normalar ratifikatsiya qilindi va ular asosida milliy qonunchiligimiz takomillashtirildi.
Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak o‘tgan yili prokuratura organlariga qiynash va boshqa tazyiqlar o‘tkazilgani yuzasidan 308 ta murojaat kelib tushgan. Bularning 13 tasi qo‘pol munosabatda bo‘linganligi, 28 tasi jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilgani, 237 tasi tan jarohati yetkazilgani bilan bog‘liq. Ushbu xabarlarning barchasi bo‘yicha tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, qat’iy choralar ko‘rildi. Xususan, qiynoqqa solish holatlari yuzasidan 21 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 28 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Asosiy qomusimizda insonning qadr qimmatini kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligining belgilanishi insonga va uning xuquq va erkinliklariga bo‘lgan katta e’tibordir. (assosiy fikr) Zero barcha qonunlarimiz inson uchun ishlashi kerakdir.
Gulchexra Tulaganova
Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori
Live
Barchasi