YHXBB boshlig‘ining avtomobili 150 mln qarz uchun “shtrafnoy”ga olindimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Tracker rusumli, davlat raqami 01 202 VSG bo‘lgan maxsus transport vositasining haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzganligi holati aks etgan video tarqaldi. Videoda mashina yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Tarqalgan videolarga mashina Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olim Saidovga tegishli ekani haqida izoh qoldirilgan. Shuningdek, mazkur avtomobil nomida jarimalardan 150 mln so‘m qarzdorlik yig‘ilib qolgani aytilgan.

YHXBB mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, avtomobil boshqarma boshlig‘iga tegishli ekanini rad etdi.

Qayd etilishicha, davlat raqami 01 202 VSG bo‘lgan Tracker Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ikkinchi minataqaviy hudud rahbari polkovnik Ibrohim Hasanovga biriktirilgan. Avtomobilni haydovchi Odil Sangilov boshqargan.

Mazkur xizmat avtomobilida o‘z vaqtida qoplanmagan qarzdorlik borligi aniqlangach, Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB YHXB Yo‘l-patrul xizmati inspektori tomonidan “Ohangaron Rahmon trans servis”ga qarashli jarima maydoniga qo‘yilgan va holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlangan.

Toshkent viloyati IIBBning holat bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, Tracker avtomobilining 148 million so‘m jarimasi bor degan ma’lumot haqiqatdan yiroq. Chindan ham bu mashinada bartaraf etilmagan qarzdorlik mavjud. Ammo ma’lumotda ko‘rsatilgan summa 3 barobar orttirib yozilgan. Ya’ni real qarzdorlik 50 mln so‘m atrofida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1774

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing