Xonsaroy Money – kapitalingizni o‘stirish uchun ishonchli hamkoringiz
Biznes
−
15 Oktabr 2025 3162 2 daqiqa
Xonsaroy Money investorlari nafaqat halol foyda, balki premium sovg‘alalarga ham ega bo‘lishmoqda. Olti oy ichida Xonsaroy Money kuchli investitsion platformaga aylanishga ulgurdi va hozirda 250 dan ortiq investorlarning ishonchini qozondi. Kompaniya O‘zbekistonda qurilishga sarmoya kiritish orqali shaffof, halol va haqiqiy foyda olish mumkinligini isbotlay oldi.
Kompaniyani ajralib turadigan tomonlari
Har bir Xonsaroy Money investori o‘z mablag‘larining qayerga ketayotganini biladi.
Barcha investitsiyalar O‘zbekistonning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan Xon Saroy qurilish kompaniyasining “FAZO” loyihasiga yo‘naltiriladi.
Yillik daromad — dollarda 14% gacha
Minimal investitsiya miqdori – 65 million so‘m. Shundan so‘ng, 100 ming so‘mdan boshlab qo‘shib borib, investitsiyangiz miqdorini ko‘paytirishingiz mumkin.
Kompaniya jarayonni imkoni boricha moslashuvchan va tushunarli, eng muhimi – halol qilib yaratgan.
Xonsaroy Money kompaniyasi o‘zini ishonchli hamkor sifatida tanitdi va unga bo‘lgan ishonch ortib bormoqda. Har bir investor Xonsaroy Money platformasida o‘z investitsiyalarini qulay va shaffof tarzda kuzatish imkoniyatiga ega.
Xonsaroy Money ilovasida shaxsiy kabinet orqali har doim investitsiyangiz miqdorini, ulushlar narxi qachon oshishini va foydangiz qanchaga o‘sganini kuzatib borishingiz mumkin.
Halollik va shaffoflik har bir qadamda
6 sentyabr kuni Xonsaroy Money investorlari o‘rtasida qimmatbaho sovg‘alar qo‘yilgan katta o‘yin o‘tkazdi.
1 oktyabr kuni soat 20:00 da jonli efirda barcha g‘oliblar aniqlandi. Sovrinlar orasida Apple texnikasi, tog‘da dam olish uchun yo‘llanma, maishiy texnika va boshqa qimmatbaho sovg‘alar mavjud edi. Har bir g‘olib o‘z sovg‘asini oldi.
Xonsaroy Money nafaqat shaffoflik haqida gapiradi, balki uni o‘z harakatlari bilan tasdiqlaydi.
Barqaror foyda olish, tanlovlarda ishtirok etish va Xonsaroy Money bilan birga rivojlanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bugun kelajakka sarmoya kiriting!
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
Telefon: +998 77 008 74 00
Veb-sayt: xonsaroymoney.uz
Instagram: @xonsaroy_money
Telegram: t.me/xonsaroymoney
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi