Wyndham Garden Charvak terrasali apartamentlar uchun pre-sale e’lon qiladi
Biznes
−
04 avgust 2025 6648 3 daqiqa
Apartament egasi unda o‘zi yashashi, ijaraga berishi yoki bu ikkisini uyg‘unlashtirishi mumkin. Narxlar 864 mln so‘mdan boshlanadi, pre-sale bosqichida eksklyuziv xarid shartlari amal qiladi.
Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro kurort – Wyndham Garden Charvak hududidagi apartamentlar uchun pre-sale boshlandi. Ob’ekt Chorvoq suv omboridan 20 daqiqalik masofada, sohil hududi chegarasidan narida qurilmoqda. Loyiha tabiiy landshaftni maksimal darajada saqlab qolishga intiladi, cho‘llashgan hududlar esa qarag‘ay, qoraqarag‘ay, qayin va shumtol ekilib, ko‘kalamzorga aylantirilyapti.
2025 yil aprelda villalar sotuvi boshlangandi, hozir esa, developer – “Dune Group Development” apartamentlar sotuvini e’lon qilmoqda.
Foydalanishga tayyor komplektatsiya: aqlli o‘chirib-yoqqichlardan to tish cho‘tkalarigacha
Wyndham Garden Charvak apartamentlari – terrasalarga ega, puxta o‘ylangan va qulay studiyalardir. Apartamentlar kurort hududida joylashgan bo‘lib, ulardan majmuaning butun infratuzilmasiga, jumladan O‘zbekistondagi eng yirik akvaparkka o‘tish oson. Ushbu bosqichda 36 va 43,4 kv metr maydonga ega studiyalar sotuvga chiqariladi.

Apartamentlar tabiiy materiallardan foydalangan holda iliq tabiiy jilolarda bezatilgan. Interer puxta o‘ylangan: qulay yotoqxona va ish hududi, sig‘imdor javonlar, funksional oshxona ko‘zda tutilgan.
Studiyalar tayyor shaklda – mebel, texnika, yoritish, tekstil, idish-tovoq va dekor – hammasi muhayyo holatda beriladi. Maskan sohibi ta’mirlash, butlash va obodonlashtirishga vaqt sarflamaydi – barchasi taxt. Interer va jihozlar Wyndham tarmog‘i vakillari bilan majburiy kelishuvdan o‘tadi, ular apartamentlar brendning yuksak xalqaro standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Talab yuqori maskandagi investitsion ko‘chmas mulk
Villalar bilan bo‘lganidek, apartamentlar boshqaruvi bilan ham Wyndham tasdiqlagan professional kompaniya shug‘ullanadi. U barcha operatsion vazifalar – ilgarilatish, odam qo‘yish, xizmat ko‘rsatish, hisobotlar va soliqlarni o‘z zimmasiga oladi. Apartament egasi esa shaxsiy qatnashuvsiz daromad keltiradigan investitsion mahsulotga ega bo‘ladi.
.jpg)
Studiyalarni faqat odam qo‘yish uchungina ishlatish shartmas – ko‘chmas mulkdan foydalanish ssenariylarini uyg‘unlashtirish mumkin. Masalan, bu yerda yozni oilaviy o‘tkazish yoki dam olish kunlari kelish, qolgan vaqtda boshqaruvga topshirib, passiv daromadga ega bo‘lish mumkin. Tahlilchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, apartamentlarning o‘zini qoplash muddati 5-8 yilni tashkil qiladi. Yiliga 7 oy ijaraga berishda kutilayotgan foyda – 130 mln so‘m atrofida.
.jpg)
Apartamentlar narxi villalarnikiga qaraganda pastroq, formati esa – bir xil: Wyndham brendi ostidagi, professional boshqaruvli tayyor ob’ekt. Bu holat ishni kamroq summadan boshlashni, shu bilan birga, o‘sish potensiali yuqori bo‘lgan aktivga egalik qilishni istaydigan investorlar uchun xaridni ayniqsa jozibali qiladi.
Eksklyuziv shartlar
Narxlar m² uchun 24 mln so‘mdan boshlanadi. Pre-sale bosqichida eksklyuziv shartlar mavjud: to‘liq to‘lov qilinganda 45% chegirma yoki 12 oyga bo‘lib to‘lash. Lotlar soni chegaralangan. Ilk xaridorlar eng yaxshi narxga ega bo‘libgina qolmay, planirovka, joylashuv va terrasadan ko‘rinadigan manzarani tanlash borasida ustuvorlikka ham ega bo‘ladi.
.jpg)
Wyndham Garden Charvak kurortining qurilishini 2027 yilda yakunlash rejalashtirilgan.
pre-sale bosqichida +998 (55) 513-00-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Instagram’da direktga yozib, planirovkalar va jihozlash tafsilotlari ko‘rsatilgan taqdimotni olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi