Vladimir Putin Braziliya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Sport

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Braziliya davlat rahbari Jair Bolsonaruga afsonaviy braziliyalik futbolchi Pelening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Afsonaviy futbolchi vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimizni qabul qiling. Edson Arantes do Nassimento Braziliya xalqining buyuk farzandi edi. Uning iste’dodi, betakror mahorati, chiroyli, maftunkor o‘yini tufayli futbol butun dunyoda, jumladan, Rossiyada ham millionlab odamlarning sevimli sport turiga aylandi. Men bu ajoyib inson bilan shaxsan muloqot qilish baxtiga muyassar bo‘lganman. Afsonaviy Pelening oila a’zolari va yaqinlariga hamda mamlakatingizning barcha fuqarolariga sizlarga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman”, deya Putin so‘zlarini keltiradi Rossiya Prezidentining rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, futbol qiroli, 82 yoshli Pele 29 dekabr kechki vaqtda vafot etdi. Uning vafoti munosabati bilan Braziliyada uch kunlik motam e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing