Vazirliklarning saytlariga joylashtirilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar turi kengaydi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020 2593 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining quyidagi ma’lumotlari joylashtiriladi:
• ustav fondi;
• davlat ulushi;
• har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;
• ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari;
• ish o‘rinlari soni;
• korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi.
2021 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytida iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik mu’lumotlar, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot joylashtiriladi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar quyidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi:
• biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi;
• ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish;
• soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar;
• tashqi qarzdorlik;
• mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Live
Barchasi