Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda

Olam

image

AQSH Ukrainaga 15 yil muddatga xavfsizlik kafolatlari berishni taklif qilmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Axios” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, mazkur muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin, biroq Kiyev yanada uzoqroq kafolatlarni istaydi.

“Menimcha, bizga 15 yildan ko‘prog‘i kerak”, degan Zelenskiy. 

U Donald Tramp bilan bo‘lajak uchrashuvda AQSH Prezidenti bunga rozi bo‘lsa, buni “katta muvaffaqiyat” deb hisoblashini ta’kidlagan.

Zelenskiyga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvlar ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya uchun taqdim etiladi. Uning aytishicha, AQSH–Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlarning asosiy jihatlari allaqachon kelishib olingan va beshta hujjatda mustahkamlangan, ularga oltinchi hujjat qo‘shilishi ham mumkin.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Rossiya bilan urush tugaganidan keyin Yevropa davlatlarining Ukrainani xavfsizlik bilan ta’minlashdagi ishtirokini nazarda tutuvchi tashabbusni eslatgan. Bu jarayonda yetakchi rol Fransiya va Buyuk Britaniyaga berilishi ko‘zda tutilgan.

Zelenskiy 28 dekabr kuni AQSH Prezidenti bilan bo‘ladigan muzokaralarda urushni yakunlash shartlarini kelishib olishga umid qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya kamida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, “tinchlik rejasi” bandlarini Ukrainada referendumga chiqarish mumkin.

Moskva Ukrainadan hududiy yon berishlarni talab qilmoqda, jumladan, hozircha Rossiya armiyasi nazorat qilmayotgan hududlar bo‘yicha ham. Zelenskiy Tramp bilan uchrashuv Kiyevning pozitsiyalarini mustahkamlashiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hali ham Ankorij sammitida kelishib olingan muayyan yon berishlarga tayyorligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kiev Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing