O‘zbekistonning bir qancha hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor
Jamiyat
−
07 mart 2022 4890 1 daqiqa
Joriy yilning 8-16 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8-16 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilar ehtiyot bo‘lishi lozim.
Asosan, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi bor:
• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun, Sherobod tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Payariq, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Forish, G‘allaorol, Zomin, Baxmal tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron. Bo‘stonliq tumanlarida;
• Namangan viloyati: Chust, Pop tumanlarida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi bor.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr