O‘zbekistonning harbiy sportchilari suratlarda (fotogalereya)
Sport
−
15 yanvar 2022 41543 2 daqiqa
Kecha, 14 yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlandi. Shu munosabat bilan QALAMPIR.UZ o‘zbek harbiy sportchilaridan tashkil topgan fotogalereyani e’tiboringizga havola etadi.

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempioni – Bahodir Jalolov shu surat orqali Vatan himoyachilarini tabrikladi.

Ikki leytenant – boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov va WBA, IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev

Professional boks bo‘yicha WBA yo‘nalishining 1-raqamli vakili Isroil Madrimov

Boks bo‘yicha jahon chempioni Shaxram G‘iyosov

Taekvondo bo‘yicha Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashidov, jahon chempioni Dmitriy Shokin va Osiyo o‘yinlari sovrindori Niyoz Po‘latov

Dunyoning 1-raqamli dzyudochisi Davlat Bobonov

Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni, katta leytenant Hasanboy Do‘smatov

Boks bo‘yicha Jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov

Brigada (chapdan o‘ngga) – Dmitriy Shokin, Elmurod Tasmurodov, Isroil Madrimov va Ruslan Nuriddinov

Boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi katta murabbiyi va mayor Elshod Rasulov

Boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari – Iqboljon Xoldorov va Jasurbek Latipov

Boks bo‘yicha JCH sovrindori Abdumalik Xalakov

Sitora Turdibekova, Rayxona Qodirova va ustoz Elshod Rasulov boks bo‘yicha Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng

Boks bo‘yicha JCH sovrindori, Osiyo chempioni va leytenant Bobousmon Boturov

Yunon-rum kurashi bo‘yicha Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurod Tasmurodov harbiy qasamyod qabul qilmoqda
Live
Barchasi