O‘zbekistonliklarning kredit qarzdorligi rekord darajaga yetdi
Jamiyat
−
12 iyun 7709 1 daqiqa
Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning banklar oldidagi jami qarzi 629 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63,5 trln so‘mga (11,2 foiz) ko‘p. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir yilda aholining banklardagi kreditlari 21,2 foizga – 190,4 trln so‘mdan 230,8 trln so‘mgacha ko‘paygan. Xususan, 6 yil oldin aholining banklardan olgan kreditlari 43,8 trln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu miqdor 5 baravardan ko‘proq o‘sgan.
So‘nggi 6 yildagi o‘sish dinamikasi:
Shuningdek, kredit hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘lib turibdi. Poytaxtda jami kreditlar qoldig‘i 290 trln so‘mdan oshgan bo‘lib, bu mamlakatdagi barcha kreditlarning 46,1 foiziga teng.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonliklar eng ko‘p mablag‘ni ipoteka kreditlari uchun olgan – 83,9 trln so‘m. Shuningdek, mikroqarzlar (50,1 trln so‘m), mikrokreditlar (44,3 trln so‘m) va avtokreditlar (39,6 trln so‘m) ham yuqori ulushga ega.
Live
Barchasi