O‘zbekistondan yuborilgan 80 tonnadan ortiq yuk Qirg‘izistonga kiritilmadi
Olam
−
20 avgust 16828 1 daqiqa
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistondan 80,82 tonna yuk va 70 ming 515 dona ko‘chat Qirg‘izistonga kiritilmagan. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda joriy yilning dastlabki yetti oyida qo‘shni mamlakatlardan keltirilgan 445,3 tonna yuk, 70 mingdan ortiq ko‘chat va 11 ming 387 dona gul fitosanitariya talablariga javob bermagani sababli mamlakat hududiga kiritilmagan.
Jumladan:
- Qozog‘istondan – 193,9 tonna;
- O‘zbekistondan – 80,82 tonna, 70 ming 515 dona ko‘chat;
- Rossiyadan – 69 tonna;
- Xitoydan – 26,13 tonna, 8 ming 50 dona gul;
- Boshqa davlatlardan – 41,5 tonna, 3 ming 337 dona gul qaytarilgan.
Fitosanitariya talablarini buzgan karantin ostidagi yuklarga nisbatan ularni qaytarish, yo‘q qilish yoki zararsizlantirish kabi choralar qo‘llanilgan. Bundan tashqari, diplomatik kanallar orqali Xitoy va Niderlandiyaga notalar yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 3,5 tonna pista qadog‘ida majburiy belgilar bo‘lmagani uchun jo‘natuvchiga qaytarilgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, vazirlik har kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan olib yuriladigan qo‘l yuklarining o‘simliklar karantini sohasidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasligi bilan bog‘liq o‘rtacha besh-oltita holat qayd etilishini bildirgan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr