O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U-20 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
Sport
−
15 dekabr 2023 8406 1 daqiqa
Bugun, 15 dekabr kuni futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan musobaqada mezbonlar “A” guruhida bahslarga kirishadi.
Guruh bosqichida o‘zbekistonlik qizlarga Janubiy Koreya, Avstraliya va Xitoy Taypeyi jamoalari raqiblik qiladi.
“B” guruhidan esa Yaponiya, KXDR, Xitoy va Vetnam jamoalari o‘rin oldi.
Ma’lumot uchun, U-20 Osiyo kubogi o‘yinlari 2024 yil 6 martdan 16 martga qadar o‘tkaziladi.
Ta’kidlash joiz, turnirda yarim finalga yo‘l olgan 4 ta jamoa kelgusi yil Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust