O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 300 mingdan oshdi
Jamiyat
−
15 aprel 2021 3550 1 daqiqa
Joriy yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 43 896 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 300 854 nafarga yetgan.
13 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (6 444 nafar);
- Andijon viloyati (6 150 nafar);
- Farg‘ona viloyati (4 271 nafar) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, Andijon va Namangan viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni 30 ming nafardan oshiq bo‘lgani ko‘rinmoqda (Andijon 37 344 nafar, Namangan 33 446).
Jami emlanganlar soni bo‘yicha hamon Farg‘ona viloyati birinchi o‘rinni egallab turibdi (47 946 nafar).
Live
Barchasi