O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 nafarga ortdi
Jamiyat
−
29 mart 2020 28082 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 11 nafarga oshib, 144 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Bugun, 29 mart kuni tongda kasallanganlar 29 nafarga ko‘payib, 133 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust