O‘zbekistonda bir sutkada 900 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
16 yanvar 2022 7539 2 daqiqa
Kecha, 15 yanvar kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda bu dardga yo‘liqqanlar 20 5085 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 18 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 24 nafari Andijon viloyatida,
• 24 nafari Buxoro viloyatida,
• 51 nafari Jizzax viloyatida,
• 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 7 nafari Navoiy viloyatida,
• 31 nafari Namangan viloyatida,
• 49 nafari Samarqand viloyatida,
• 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 12 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 25 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 38 nafari Xorazm viloyatida,
• 137 nafari Toshkent viloyatida,
• 456 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
• Buxoro viloyatida 6 nafar,
• Jizzax viloyatida 26 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
• Navoiy viloyatida 4 nafar,
• Namangan viloyatida 19 nafar,
• Samarqand viloyatida 13 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 12 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
• Xorazm viloyatida 29 nafar,
• Toshkent viloyatida 143 nafar,
• Toshkent shahrida 172 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 198745 (+462) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1515 nafarni tashkil qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025