O‘zbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi rekord darajada oshdi
Jamiyat
−
12 yanvar 7351 1 daqiqa
Bugun, 12 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi ilk bor 9 mln so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Unga ko‘ra, oltin quymalari narxi quyidagicha:
- 5 gramm – 9 mln 10 ming so‘m;
- 10 gramm – 18 mln 20 ming so‘m;
- 20 gramm – 36 mln 40 ming so‘m;
- 50 gramm – 90 mln 100 ming so‘m;
- 100 gramm – 180 mln 200 ming so‘m.
Qayd etish joiz, joriy yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston Markaziy banki ilk bor oltin quymalarini qaytarib olish narxlarini e’lon qilgandi. O‘shanda 5 gramm oltin quymasini sotish narxi 8 mln 735 ming so‘m bo‘lgandi. Bugun, 12 yanvar holatiga ko‘ra esa quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq COMEX birjasida oltinning bir troy unsiyasi (taxminan 31 gramm) birinchi marta 4600 dollardan oshgani va maksimal qiymati 4612 dollarni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi. Bu o‘sishga AQSHda Federal zahira banki raisi Jerom Pauellga nisbatan jinoyat ishining ochilishi, Eron bo‘yicha namoyishlar va geosiyosiy beqarorliklar, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron va Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari ta’sir qilgani aytilmoqda.
Live
Barchasi