O‘zbekiston yil oxirigacha o‘z vaksinasini ishlab chiqarishi mumkin
Jamiyat
−
17 aprel 2021 5124 1 daqiqa
Joriy yilning oxirigacha O‘zbekiston o‘z vaksinasini chiqarishi mumkin. Bu haqda Maxsus komissiya yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zA muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda joriy yilning aprel oyi oxirigacha yana bir million donadan ziyod vaksina olib kelinishi kutilayotgani aytilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston olimlari ham vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha jiddiy izlanish olib borayotgani qayd etilgan.
“Nasib etsa, O‘zbekiston yil oxirigacha o‘z vaksinasiga ega bo‘ladi”, deydi Bosh vazir.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda AstraZeneca va ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.
Live
Barchasi