O‘zbekiston yetti oyda o‘tgan bir yilga nisbatan ko‘proq oltin sotdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilning yetti oyi davomida 5,64 mlrd dollarlik oltin sotdi.  Bu ko‘rsatkich 2022 yilning yanvar-iyul oylari bilan solishtirsak (2,97 mlrd dollar) 2,1 barobarga va butun o‘tgan yilga qaraganda (4,11 mlrd dollar) ham ko‘proqdir. Bu haqda Prezident huzuridagi Statistika agentligining hisobotida ma’lumot berildi.

2023 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,6 mlrd dollarga yoki 23,3 foizga o‘sib, 34,97 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan, eksport 31 foizga o‘sib, 14,95 mlrd dollarni, import esa 20,02 mlrd dollarni (+18,1 foiz) tashkil etgan. Tashqi savdo taqchilligi -5,07 mlrd dollardan oshgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (5,54 mlrd dollar) kamdir. Ushbu farq faqat oltin eksporti hajmining keskin oshishi tufayli kamaygan.

Xususan, Mamlakat umumiy eksportining 37,7 foizi ushu qimmatbaho metall hissasiga to‘g‘ri keladi. Birgina iyul oyida 1,26 mlrd dollarlik oltin sotilgan (oltin-valyuta zahiralari kamaygan bo‘lsa-da), iyunda esa eksport qilinmagan.

Shuningdek, eksportda sanoat mahsulotlari ulushi 23,6 foizdan 16,3 foizga, yetkazib berish qiymati 2,7 mlrd dollardan 2,4 mlrd dollargacha qisqargan.

Oltinni hisobga olmaganda, eksport atigi 10,4 foizga o‘sib, 9,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

Sabzavot va mevalar sotish hajmi 688,4 mln dollarga (+26,1 foiz), don mahsulotlari – 281,3 mln dollarga (+70 foiz), neft va neft mahsulotlari – 142,7 mln dollarga (+73,1 foiz), avtomobil ehtiyot qismlari va aksessuarlari – 203,7 mln dollarga (+32,4 foiz), kanselyariya mashinalari va ma’lumotlarni avtomat qayta ishlash uskunalari – 20,3 mln dollar (19,6 marta), telekommunikatsiya, ovoz yozish uskunalari – 65,8 mln dollarga (3,9 marta) oshdi.

Shu bilan birga, to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish 3,9 foizga qisqarib, 1,86 mlrd dollarga, gaz 341,9 mln dollarga (-35 foiz), elektr energiyasi 47,2 mln dollarga (-22,4 foiz), o‘g‘itlar yetkazib berish 154,3 mln dollarga (-44,1 foiz), rangli metallar – 809,6 mln dollargacha (-13,4%) qisqargan.

Turizm eksporti hajmi 1,24 mlrd dollarni (xizmatlar hajmida 42,1 foiz) tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning yanvar-iyul oylarida bu ko‘rsatkich 732,5 mln dollarni, 2021 yilning shu davrida esa 175,9 mln dollar bo‘lgan. Ya’ni, ikki yil ichida turizmdan tushgan daromad 7 barobar oshdi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made