O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni birgalikda tadqiq qiladi
Jamiyat
−
17 fevral 2021 3824 1 daqiqa
Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) va “SI Imaging Services” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilingan.
Muloqotda koronavirus pandemiyasi davom etayotganiga qaramasdan, tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etgan. Jumladan, Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi, Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti, shuningdek, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari o‘rtasida bir necha bosqichda muzokaralar o‘tkazilgan. Ushbu sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston-Janubiy Koreya ishchi guruhi tuzilgan.
Janubiy Koreya vakillari o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishni yanada faollashtirishdan manfaatdorligini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, bugun, 17 fevral kuni birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar istiqbollarini belgilab olish uchun kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh mutaxassislari o‘rtasida yaqin muddatlarda videokonferensiya o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Live
Barchasi