O‘zbekiston uzum eksport qiluvchi eng yirik davlatlar reytingidan chiqib ketdi

Jamiyat

image

2023 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda uzum eksport qiluvchi eng yirik davlatlar qatoridan chiqib ketdi. Bu haqda “East Fruit” portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilda O‘zbekiston uzum eksporti bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda turgan bo‘lsa, 2023 yilda birdaniga 11 o‘rinni yo‘qotib, 20-o‘rinni zo‘rg‘a egallagan. 

Shu bilan birga, eksport hajmi bir yilda 8 barobar kamaygan, bu haqiqiy uzum falokati - g‘ayritabiiy sovuq tufayli katta maydonlarda uzumzorlarning nobud bo‘lishi oqibati bo‘lgan.

Uzumzorlarning yo‘qotilishi meva-sabzavot sanoati uchun og‘ir zarba bo‘ldi, chunki uzum mamlakatning asosiy eksporti va O‘zbekistondagi ko‘plab kichik fermerlar uchun eng muhim daromad manbai edi. 

Shu bilan birga, yo‘qotishlar nafaqat yangi meva eksport sanoatiga, balki quritilgan mevalarga ham ta’sir ko‘rsatdi, chunki mayiz (quritilgan uzum) ham mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy eksport mahsulotlaridan biridir. Yangi uzum navlari eskirgani va murakkab logistika tufayli asosan qo‘shni mamlakatlarga sotilayotgan bo‘lsa, mayiz eksporti chinakam diversifikatsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro vino festivali o‘tkazilgandi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi bilan festival tashkiliy xarajatlari uchun tuman mahalliy byudjetiga 1 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

uzum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing