O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytdi (fotoreportaj)
Sport
−
26 sentabr 2021 11672 1 daqiqa
Bugun, 26 sentyabrga o‘tar kechasi futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytdi. Ular Litvada bo‘layotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatida o‘z yurishi yakunladi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston futzal termasining JCHdagi bu safargi ishtiroki esda qolarli bo‘ldi. Terma jamoa tarixida ilk bor nimchorak finalgacha yetib bordi. Biroq, jamoa TOP-5 talikka kiruvchi Eronga qarshi kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi: 9 ta gol o‘tkazib, 8 ta javob goli urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi futzalchisi Husniddin Nishonov Jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi yosh o‘yinchilari qatoridan o‘rin oldi.









Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust