O‘zbekiston Shveysariya bilan ham JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokarani yakunladi
Jamiyat
−
22 iyul 2025 4662 1 daqiqa
O‘zbekiston Shveysariya bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 21 iyul kuni Jenevada ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan. Azizbek O‘runov ikki mamlakat jamoalariga mashaqqatli va konstruktiv ish uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bor-yo‘g‘i bir necha mamlakat qoldi! Uzun ro‘yxat asta-sekin kichrayib bormoqda, teskari sanoq boshlandi!” deb yozdi u.
Shveysariya Toshkent JSTga kirishga tayyorgarlik jarayonida kelishuvga erishgan 24-savdo hamkoriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagandi. 19 dekabr kuni O‘zbekiston va AQSH O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni doirasida ikki tomonlama bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash protokolini imzoladi. Hujjatni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va AQSH savdo vakili Ketrin Tay imzolagan. O‘tgan oyda esa O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni rasman yakunladi.
Live
Barchasi