O‘zbekiston Mobiuz'ni 300 mln dollarga sotmoqchi – “Bloomberg”
Jamiyat
−
17 iyul 1361 1 daqiqa
O‘zbekiston hukumati Mobiuz uyali aloqa operatorini sotishdan 300 million dollar daromad olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ikki manbasiga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Gap mamlakatdagi to‘rtinchi yirik operator bo‘lgan Universal Mobile Systems (Mobiuz) kompaniyasi haqida bormoqda.
Manbalarga ko‘ra, Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropaning potensial investorlari tomonidan dastlabki qiziqish bildirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avvalroq 2025 yilda kamida 10 trillion so‘m (taxminan 786 million dollar) daromad keltirishi kerak bo‘lgan xususiylashtirish dasturini e’lon qilgan edi. Aksiya doirasida davlat 2026 yil oxirigacha iqtisodiyotdagi davlat ulushini kamaytirish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida 29 ta yirik kompaniya, jumladan, telekommunikatsiya va energetika kompaniyalari ulushlarini sotishni rejalashtirmoqda.
Mobiuz'ning 100% ulushini sotish bo‘yicha tender iyun oyida e’lon qilingan bo‘lib, rasmiy qiziqish xatlarini topshirish muddati 1 avgustga qadar belgilangan edi. Rothschild & Co tranzaksiya bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy maslahatchi sifatida ishlaydi.
Live
Barchasi