O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-16 Osiyo chempionati saralashiga qur’a tashlandi
Sport
−
09 may 2019 7220 1 daqiqa
2020 yili o‘smirlar (U-16) o‘rtasida Osiyo chempionati Singapurda bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning saralash bahslari 11ta guruhda o‘tkazilishi va saralash guruhlaridan biriga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.
Bugun Osiyo futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida ana shu musobaqaning saralash bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Azamat Abduraimov murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Kvartetda o‘zbekistonliklarga Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston o‘smirlari raqiblik qilishadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust