O‘zbekiston xalqaro harbiy musobaqada AQSHni ortda qoldirdi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2021 12335 2 daqiqa
Joriy yil 29 sentyabrdan 17 oktyabrga qadar Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan razvedka va maxsus bo‘linmalarning “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada dunyoning jami 18 ta davlati – Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Kosovo, Gretsiya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSH, Daniya, Indoneziya, Shveysariya, Litva, Niderlandiyadan 103 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning faol fazasi 14 oktyabr kuni boshlandi. Musobaqa konkurslaridagi yo‘nalish 90 km. masofadagi turli darajadagi murakkab shartlardan iborat bo‘lib, har 8-10 km.da bir nechta jangovar topshiriqlar bajarildi.
Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalangan 3 km masofadagi zararlangan hududdan o‘tish, joyni razvedka qilish va tog‘ daryosini kesib o‘tish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni turli yo‘llar bilan evakuatsiya qilish, mina to‘sig‘idan yakka va guruh tarkibida o‘tish, dushman ob’ektiga bosqin uyushtirish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi shartlar ham bajarildi.

Bundan tashqari jamoalarga 8 ta kutilmagan “test syurpriz” (xorijiy davlatlar qurollari va harbiy texnikasi turlarini aniqlash, simulyatsiya va aloqa uskunalari yordamida artilleriya olovini yo‘naltirish, harbiy topografiya me’yorlarni bajarish, Jeneva konvensiyasi bo‘yicha test topshirish, razvedka bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va tuzish, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha me’yorlarni bajarish, bajarilgan tadbirlar bo‘yicha va keyingi topshiriqlarni bajarishga shayligi bo‘yicha bildiruv berish) topshiriqlari ham berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 km masofani 37 soatda bosib o‘tdi.

Xalqaro musobaqa natijalariga ko‘ra, I o‘rin va oltin medallarni mezbon davlat – Buyuk Britaniya jamoasi, II o‘rin va kumush medallarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi, III o‘rin va bronza medallarni Amerika Qo‘shma Shtatlarining jamoasi egalladi.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025