O‘zbekiston Ekologik partiyasiga yangi rahbar saylandi

Jamiyat

image

Abdushukur Xamzayev O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi bo‘ldi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 19 dekabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining XIV plenumi bo‘lib o‘tdi. 

Qayd etilishicha, partiya raisi Narzullo Oblomuradov 2021 yildan buyon Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelayotgani va mazkur lavozimda ma’muriy funksiyalarga oid ishlar yuklamasining ko‘pligi sababli u o‘z arizasiga muvofiq Ekologik partiya raisi lavozimidan ozod etildi.

Shundan so‘ng, partiya Markaziy Kengashi a’zolari va hududiy partiya tashkilotlari tomonidan berilgan takliflarga asosan Ekologik partiya raisligiga Xamzayev Abdushukur ko‘rib chiqilib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Ma’lumot uchun, Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich 1973 yilda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yil Samarqand qishloq xo‘jalik institutini hamda 2013 yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – olim-agronom. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.

17 ta qishloq xo‘jalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek, ekologiya, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida Xitoy, Yaponiya, Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya kabi davlatlarda malaka oshirgan.

2022 yil iyun oyidan buyon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing