O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda yarim yil ichida qancha egizak chaqaloq tug‘ildi? north_east

O‘zbekistonda yarim yil ichida qancha egizak chaqaloq tug‘ildi?

Joriy yilning 28 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million nafardan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining onlayn yangilanib boruvchi ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 28 avgust 09:50 holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million 25 kishini tashkil qilmoqda.

Shundan:

  • Erkaklar – 19 mln 136 ming 813 kishi;
  • Ayollar – 18 mln 863 ming 212 kishi.

Qayd etish joiz, World Population Review portali ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha 234 mamlakat ichida 43-o‘rinda turibdi. Markaziy Osiyoda esa yetakchilik qilmoqda. Bu miqyosda O‘zbekistondan keyingi o‘rinda Qozog‘iston qariyb 21 mln aholi bilan ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, 10,7 mln aholi bilan Tojikiston uchinchi o‘rinda turibdi. 7,6 mln va 7,3 mln nafar aholiga ega Turkmaniston va Qirg‘iziston 4- va 5-pog‘onalardan joy olgan. O‘zbekistonga chegaradosh yana bir davlat Afg‘onistonda esa 43 milliondan ziyodroq aholi istiqomat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan ona 3 nafar egizak chaqaloqni dunyoga keltirgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing