O‘zbekiston 3 oyda qariyb 15 mlrd dollarlik savdo qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3 oyda 14,8 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu aqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd AQSH dollariga yoki 11,9 foizga oshgan.

3 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd AQSH dollari va import 9,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. 

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Agentlikning eslatishicha, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvarda 5 mlrd AQSH dollarini, fevralda qariyb 4 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing