O‘zbek va koreys xalqlari do‘stligi namoyon bo‘ldi
Jamiyat
−
19 aprel 2019 6236 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi.



Oliy martabali mehmon sharafiga tashkil etilgan ushbu konsertda o‘zbek san’atkorlari, koreys madaniyat markazi a’zolari va Janubiy Koreyadan kelgan ijodiy guruhlar qatnashdi.


Ma’lumki, O‘zbekistonda ikki yuz mingga yaqin koreys millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ular ikki mamlakat va xalqlarni yanada yaqinlashtirishda katta rol o‘ynamoqda.

Ertaga Toshkentda Koreys madaniyati va san’ati uyi ochiladi. U koreys xalqining madaniy merosini saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Konsertda o‘zbek va koreys milliy kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Ularda o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy hamkorlik yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Prezidentlar konsert ishtirokchilari bilan esdalik uchun suratga tushdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025