Ukasining g‘alabasiga $100 000 atagan Fyuri qurumsoqlikda ayblandi

Sport

image

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri amerikalik bloger-bokschi Jek Polni yutishi uchun ukasi Tommi Fyuriga 100 ming dollar tikishga tayyor. Bu haqda “Boxing Scene” nashri xabar berdi.

Taysonning ushbu so‘zlaridan xabar topgan Jek Pol 100 ming dollar juda kam pul ekanligini va ko‘proq pul tikishni taklif qildi.

“O‘tgan yili 40 million dollar ishlab topgan Tayson Fyuri ukasiga 100 ming dollar tikishga tayyor. Xudoyim, qo‘rquvdan titrayapsiz. Ey Tayson, siz 40 million dollar yig‘dingiz. Bilaman, bu menikichalik ko‘p emas. Lekin keling, birgalikda pul tikamiz. Bir million, ikki yoki uch million tikishga tayyormisiz? Men xohlaganingizcha pul tikaman. Keling buni bajaramiz. Siz men bilan birgamisiz? Keling, kelishuv tuzamiz”, degan bloger-bokschi Pol.

YouTube yulduzining bunday chorlovi Taysonning jahlini chiqardi va u Polda million dollar pul yo‘qligini iddao qildi.

“Ey Jeki bolakay, eshitishimcha, sen yuz mingdan ortiq pul tikmoqchi ekansan? Katta pul tikishni xohlaysanmi? Ko‘ngling million dollar tusab qoldimi? Kel buni birgalikda amalga oshiramiz. Sen million xohlayapsanmi? Albatta, shu pulni olasan. Lekin Jeki, men o‘sha millionni naqd ko‘rmoqchiman, chunki men senda million dollar yo‘q deb o‘ylayman. Aytgancha, men kripto haqida gapirmayapman. Men haqiqiy Amerika yashil dollarlari haqida gapiryapman. Haqiqiy AQSH dollari, kripto emas”, degan “lo‘lilar qiroli”.

Ma’lumot uchun, Jek Pol va Tommi Fyuri o‘rtasidagi jang joriy yilning 6 avgust kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing