UFC prezidenti yangi yil arafasida qo‘ygan “tomosha”siga izoh berdi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt Meksikadagi tungi klubda rafiqasi bilan janjallashib qoldi. Ushbu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Voqea 31 dekabr kuni Meksikadagi tungi klubda sodir bo‘lgan. Er-xotin mast holatda bo‘lgan. Uayt xotiniga nimalarnidir aytgan, shundan so‘ng xotini unga to‘satdan shapaloq urgan, natijada er-xotin o‘rtasida katta janjal kelib chiqqan.

UFC rahbari bo‘lgan voqeaga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida izoh berdi.

"Men doim erkak kishida ayolni urish uchun hech qanday haq yo‘q deb hisoblayman, bu juda uyatli holat bo‘ldi, ayolingizga qo‘l ko‘tarmang", deydi Dana.

Dananing ayoli Anna Uayt ham vaziyatga izoh berdi.

“Dana bilan turmush qurganimizga qariyb 30 yil bo‘ldi. Bunga o‘xshash holat avval bo‘lmagan. Afsuski, yangi yil arafasida ikkalamiz ham juda ko‘p ichdik va vaziyat har ikki tomonda ham nazoratdan chiqdi. Buni oilaviy muhokama qildik va bir-birimizdan kechirim so‘radik. Umid qilamanki, odamlar bizning shaxsiy hayotimizni farzandlarimiz uchun hurmat qiladi”, deydi Anna.

Ma’lumot uchun, Dana va Anna 1996 yilda turmush qurgan. Ularning uch nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Uayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing