Uch oyda 4 mln xonadonga yetadigan gaz o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
05 aprel 2022 8417 1 daqiqa
So‘nggi uch oyda 4 mln xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-mart oylari davomida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilingan.
O‘tgan 3 oyda respublika bo‘yicha 765 ta holatda ulurji iste’molchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda 28 million 398 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlangan.
Buning natijasida, gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 25 milliard 831 million so‘m zarar yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu miqdordagi tabiiy gaz 4 million xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlarida aniqlangan.
Barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarIga taqdim etilgan.
Live
Barchasi