Turkmanistonlik san’atkorlarga yaqinlashayotgan bayram oldidan ozish buyurildi
Olam
−
23 avgust 4357 1 daqiqa
Turkmaniston madaniyat xodimlariga Mustaqillik bayrami oldidan ozishga buyruq berildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, madaniyat arboblariga 27 sentyabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayrami oldidan qo‘shimcha vazndan qutulish buyrug‘i berilgan. Buyruqni e’tiborsiz qoldirganlarga sahnaga chiqish taqiqlanishi aytilgan.
Ortiqcha vaznli aktyorlar va qo‘shiqchilar parhez qila boshlagan. Ammo ularning ta’kidlashicha, daromadlari ozish uchun sifatli oziq-ovqat sotib olishga imkon bermaydi.
“Nonga puling yetsa, go‘sht va brokkoli narxi qimmat, apelsinning kilogrammi 60 manat (bir dollar 3,5 manatga teng), yashil olma 50 manat, sport zaliga a’zolik 1000 manat, bularning barchasini 3000 manat maoshga qanday qilib ko‘tarish mumkin?” degan madaniyat xodimlaridan biri.
Nashrning ta’kidlashicha, bu Markaziy Osiyoda rasmiylarning davlat uchun ishlaydigan fuqarolarga bunday ko‘rsatma chiqarishi birinchi marta emas.
Sobiq prezident Saparmurat Niyozov Turkmanboshi nomidagi davlat drama teatri aktyorlari, Turkmanistonning Bolqon mintaqasidagi madaniyat markazlari xodimlari va taniqli qo‘shiqchilar yaqinda zudlik bilan ozish borasida og‘zaki ogohlantirish olgan.
Hattoki bu talab xizmat ko‘rsatgan va xalq artisti unvonlari sohiblari uchun ham istisno qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining vazni nazorat qilinishi haqida xabar berilgandi. Endilikda ularining tana vazni o‘lchab boriladi va bu haqdagi ma’lumotlar maxsus platformaga joylanadi.
Live
Barchasi