Turkmaniston Prezidenti armiya generali unvoniga ega bo‘ldi
Olam
−
28 yanvar 2023 6790 1 daqiqa
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga armiya generali unvoni berildi. Tegishli qaror 26 yanvar kuni Turkmaniston parlamenti tomonidan qabul qilingan.
Unvon Berdimuhamedovga 27 yanvarda Turkmanistonda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni arafasida berilgan.
Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham armiya generali harbiy unvoniga ega.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonda 2021 yilning 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident o‘laroq, mamlakatni 2007 yildan 2021 yilgacha boshqardi. U lavozimidan ketganidan keyin Turkmaniston Xalq Maslahati Milliy Kengashi raisi lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni Turkmaniston parlamentining qo‘shma yig‘ilishida sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga milliy yetakchi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Ushbu qarorga muvofiq, “Turkman xalqining milliy yetakchisi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. U sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov va uning oila a’zolariga daxlsizlik huquqi va boshqa qator imtiyozlar berishni nazarda tutadi.
Live
Barchasi