Turkiyada 101 mln tonna vayrona qoldiqlari va chiqindilar hosil bo‘ldi (fotogalereya)

Olam

image

Turkiya fevral oyidagi zilzilalardan keyin 101 million tonna chiqindi va vayrona qoldiqlarini olib tashlash ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda “Hurriyat” gazetasi xabar berdi.

Turkiya Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ko‘ra, 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzilalardan keyin qolgan vayronalar va qoldiqlar hajmi taxminan 46 million kub metrni tashkil etgan.

Birgina Hatay viloyatining janubida 16 million tonnadan ortiq chiqindi olib tashlanadi. Rasmiylarning aytishicha, kamida 2,5 million tonna axlat va qoldiqlarni qayta ishlashga yuborish mumkin.

Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, shuningdek, havo ifloslanishini istisno qilish uchun ish joyida asbest mavjudligi va miqdorini doimiy ravishda tekshiradi.

Shuningdek, qattiq shikastlangan va vayron bo‘lgan uylarda yashagan aholi o‘zlarining qimmatbaho buyumlarini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Ular birinchi navbatda vayronalar ostidan chiqarilib, egalariga topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing