To‘xtamurod Azizov og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
28 yanvar 2022 209511 1 daqiqa
“Do‘stlik” ordeni sohibi, aktyor, so‘z ustasi To‘xtamurod Azizovning rafiqasi vafot etdi. Bu haqda Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi “Do‘stlik” ordeni sohibi, elimiz suygan aktyor, so‘z ustasi To‘xtamurod Azizovning rafiqalari Ra’noxon opaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, To‘xtamurod Azizov shu kungacha ko‘plab film va seriallarda suratga tushgan. Aktyor “Qutqaring, sevib qoldim”, “To‘qlikka sho‘xlik 2”, “Janob hot-dogchi”, “Tundan tonggacha 2” kabi filmlarda rol ijro etgan.
Ayni vaqtda To‘xtamurod Azizov “Yor-yor” ko‘rsatuvi boshlovchilaridan biri.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr