Tramp jinsiy tegajog‘lik ishi bo‘yicha $5 mln kompensatsiya to‘ladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp aybdor deb topilganidan uch yil o‘tib jinsiy tegajog‘lik va tuhmat ishi bo‘yicha yozuvchi va jurnalist Elizabet Jin Kerrollga 5 million dollardan ortiq mablag‘ to‘lab berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oq uy rahbarining e’tirozlariga qaramay, okrug sudyasi sud nazorati ostidagi hisobvaraqdan mablag‘ni o‘tkazishga ruxsat berganidan so‘ng pullar jabrlanuvchining yuridik firmasiga topshirilgan.

2023 yilda sudyalar hay’ati Kerroll foydasiga 5 million dollar undirish haqida qaror chiqargan edi, garchi Tramp 1996 yilda Manxettendagi “Bergdorf Goodman” univermagining kiyinish xonasida uni zo‘rlaganini tasdiqlamagan bo‘lsa-da. Shundan so‘ng, yozuvchi Prezidentga qarshi ochilgan boshqa fuqarolik da’volarida ham g‘olib chiqib, 88,3 million dollar undirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tramp Kerrollning bayonotlarini uydirma deb atadi va u bilan tanish bo‘lganini rad etdi. Prezident u go‘yoki sodir bo‘lgan zo‘rlashni o‘z memuarlarini sotish uchun o‘ylab topganini da’vo qildi va ushbu sud ishini “qonunni qurolga aylantirish va yuridik urush” deya masxara qildi.

Elizabet Jin Kerroll olingan pullarni pensiya hisobvarag‘iga qo‘yishini, keyinchalik esa ularni xayriya ishlariga yo‘naltirishi mumkinligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing