Tramp o‘z klubidagi golf musobaqasida g‘olib bo‘ldi (video)
Olam
−
17 mart 2231 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘z klubida tashkil qilgan golf turnirida g‘alaba qozondi. Bu haqda Amerika yetakchisi kecha, 16 mart kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“Men hozirgina Florida shtatidagi “Trump International Golf” klubida klub chempionligini qo‘lga kiritdim. Qanday katta sharaf! Qanday zavq”, deya yozgan Tramp.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning golf o‘yiniga bo‘lgan qiziqishi 18,2 million dollarga baholanmoqda, gap joriy yilning yanvar oyidan beri amerikalik soliq to‘lovchilar to‘lagan summa haqida ketmoqda.
“Ayniqsa, qo‘riqlashga katta mablag‘ sarflanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentyabr oyida Donald Trampga o‘z golf klubida yaqin masofadan o‘q otilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr