Tramp sochi ko‘rinmagan surat uchun jurnalni tanqid qildi
Olam
−
15 Oktabr 2025 3591 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp “Time” jurnalining muqovasidagi suratida sochi ko‘rinmagani uchun nashrni tanqid qilib, o‘sha rasmni “barcha zamonlardagi eng yomon”, deb atadi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13 oktyabr kuni Amerikaning “Time” jurnali o‘zining yangi sonini Vashington vositachiligida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik kelishuviga bag‘ishlagan. Jurnalda “Uning g‘alabasi” deb nomlangan maqola chop etilib, muqovada AQSH Prezidenti Donald Trampning surati ilova qilingan.
“Time” jurnali men haqimda yaxshi maqola yozibdi, lekin rasm barcha zamonlarning eng yomoni bo‘lsa kerak. Bu suratda sochlarim ko‘rinmayapti, boshimning tepasida esa suzuvchi tojga o‘xshagan narsa bor, faqat juda kichkina. Haqiqatan ham g‘alati. Men hech qachon pastki burchakdan suratga olishlarini yoqtirmasdim”, deb yozgan Tramp.
Qayd etish joiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp G‘azodagi urush tugaganini e’lon qildi. Jurnalistlarning ikki yillik mojaro tugadimi, degan savoliga u “Ha” deb javob bergan va mintaqadagi vaziyat barqarorlashishiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vazirligi mamlakatning 250 yillik yubileyi munosabati bilan AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi