Tramp Bayden sabab Uchinchi jahon urushi boshlanishini aytdi
Olam
−
31 yanvar 2022 11867 1 daqiqa
Amerika Prezidenti Jo Baydenning zaifligi va yetarli layoqatga ega emasligi tufayli uchinchi jahon urushi xatari yuzaga kelmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Konroda (Texas shtati) tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqi davomida ma’lum qildi.
“Baydenning zaifligi va kompetensiyaga ega emasligi uchinchi jahon urushining real xavfini yaratmoqda”, degan Tramp.
Shuningdek, u Baydenning prezidentlik davrida KXDR avvalgiga qaraganda ko‘proq ballistik raketalar sinovini o‘tkazayotganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi “halokatli” bo‘lgan.
Sobiq Prezidentning qayd etishicha, AQSH hukumati birinchi navbatda o‘z chegaralarini himoya qilish haqida qayg‘urishi kerak, Ukrainaning emas.
“Jo Bayden Sharqiy Yevropadagi chegaralar himoyasi uchun qo‘shin jo‘natishdan oldin u chegaralarimiz himoyasi uchun qo‘shin jo‘natishi zarur”, deya ta’kidlagan sobiq Prezident.
Avvalroq, Tramp AQSH Kongressi uchun o‘tkaziladigan oraliq saylovlarda Respublikachilar g‘olib bo‘lsa, Baydenga korrupsion tergov va’da qilgandi.
Live
Barchasi