Tojikistonda yana 2 marta zilzila yuz berdi
Olam
−
23 fevral 2023 25087 1 daqiqa
Bugun, 23 fevral kuni Tojikistonning Xitoy bilan chegarasida 4,5 va 5 magnitudali zilzilalar yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan 11:50 va 13:00 da sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari 37,74 daraja shimoliy kenglik, 73,82 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Ushbu yer qimirlashining o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Birinchi zilzila epimarkazi Toshkentdan 556 km janubiy-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da – olti marotaba 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi. Shuningdek, yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida ham sezilgan. Tojikistonda dastlab sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi turli manbaalarda har xil berilmoqda.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul